25 Aprel 2022 yil 452

Ichki ishlar organlari xodimlari, teatrga qilgan tashrifida “Andishali kelin” spektaklini tomosha qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 25 martdagi “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIBda ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniyat va san’atning xususan teatrning ahamiyati ham beqiyos hisoblanadi.
Shu boisdan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni madaniy hordiq chiqarishlari hamda ma’naviy ozuqa olishlari uchun «Ma’naviyat oyligi» doirasida teatr haftaligi tashkil etilib, xodimlar hamda ularning oila a’zolari e’tiboriga Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan «Andishali kelin» nomli spektakli namoyish etildi.
Ushbu spektakl namoyishi Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, xodimlarni madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilganligi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi.
«Ma’naviyat oyligi» doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Text to speech