15 Iyun 2021 yil
502
Zotdor tovuq o'g'risi qo'lga tushdi
Termiz shahrida 2021 yil 20 may kuni shaharning "Yulduz" mahallasida yashovchi, X.Shokir viloyat IIB "102" qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni soat 08.30 larda, noma'lum shaxs hovlisida joylashgan parranda saqlanadigan tovuqxonasidan narxi 3.350.000 (uch million uch yuz ellik ming) so'mlik 27 dona "Birama" zotli tovuqlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shaharning "Amu sohillari" mahallasida yashovchi, D.Xumoyiddin sodir etganligi aniqlanib ushlangan. 22 may kuni D.Xumoyiddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati