18 Noyabr 2021 yil 438

Zo'ravonliksiz jamiyat-farovon davlat ko'zgusidir

Denov tumanidagi "Mehrigiyo" davolanish maskanida tibbiyot xodimlari va "Denov Saodat" tikuvchilik ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan tikuvchi xotin-qizlar bilan tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limining birinchi o'rinbosari Sh.Ibragimova, Surxondaryo viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, podpolkovnik O'.Eshimova, katta inspektori M.Qurbonova, tuman IIB xotin-qizlar inspektori G.Elmurodova, ayollarni reablitasiya qilish va moslashtirish markazi direktori S.Saidmuratova ishtirokida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan, targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
O'tkazilgan tadbirda xotin-qizlarni oilada, ish jarayonida zo'ravonlikka uchrashini oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda xodimlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Tadbir so'nggida she'riyat va san'atda iqtidorli qizlarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Text to speech