9 Dekabr 2020 yil 893

Zo'ravonlikka qarshi kurashamiz

Viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi hamda viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Termiz davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi. Unda viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi xotin-qizlar bo'yicha bosh inspektori, mayor g.Raxmatova bugungi kunda xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik qilish, kuch ishlatish qonunlarimizda ham taqiqlangani, ayollarimizning erkinligi, huquqlari ular bilan himoyalangani xususida so'z yuritdi. Xususan, yurtimizda "xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonun kuchga kirgani va himoya orderi instituti joriy qilinishi oilada tazyiqqa uchragan ayollar uchun ayni muddao bo'lgani ta'kidlandi.
Xuddi shunday tadbir viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar ishtirokida Termiz shahridagi yoshlar markazida ham bo'lib o'tdi. Yoshlar ishlari agentligi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ham mavzu yuzasidan qimmatli fikrlar bildirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech