"Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi davom etmoqda
"Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida Denov tuman tibbiyot birlashmasida patronaj hamshiralar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
O'tkazilgan yig'ilishda "himoya orderi" tushunchasi, uning turlari va rasmiylashtirish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, patronaj hamshiralar mahallalarda xonadonma - xonadon o'rganish ishlari olib borayotganlarida, muntazam ravishda tazyiq va zo'ravonlikka uchrab yurgan xotin-qizlarni aniqlagan taqdirda tegishli tartibda tuman IIBga xabar berishlari, patronaj hamshiralar bilan oilalarning gigiena talablariga rioya etishlarini nazoratga olishlari va har bir patronaj hamshira xizmat hududida ijtimoiy jihatdan imkoniyati cheklangan, malakali tibbiy xizmat ko'rsatishga muxtoj bo'lgan xotin-qizlarni manzilli ro'yxatlari shakllantirilishida o'z hissalarini qo'shishlari yuzasidan hamkorlikda ishlarni tashkil etishga qaratildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati