7 Yanvar 2023 yil 354

Joriy yilning ilk ma’naviyat va ma’rifat darsida Surxondaryo viloyati IIB xodimlari teatrga tashrifi bilan boshlandi

“Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
2021 yil 21 oktabrdagi tegishli buyrug‘ida “Ma’naviyat va ma’rifat darslari”ni tashkil etish tartibi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu buyruq asosida “Ma’naviyat va ma’rifat darslari”ni tashkillashtirishga barcha darajadagi boshliqlar shaxsan mas’ul hisoblanib, shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini oshirish, tafakkurida demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona – Vatanga sadoqat, xizmatda jasurlik hamda fidoyilik ruhini yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Surxondaryo viloyat IIB xodimlarining ushbu teatrga tashrif buyurishidan maqsad joriy yilda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari uchun “Ma’naviyat va ma’rifat” darsining 1-choragiga mo‘ljallangan mavzular rejasiga asosan ilk mavzu “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalish” mavzusida bo‘lib, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31-yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan tasdiqlangan rejaga asosan Ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun davlat teatrlarida eng sara spektakllar namoyishini hamda ijodkorlar bilan jonli muloqotlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan. 

Shu maqsadda, ichki ishlar organlari xodimlari e’tiboriga Surxondaryo viloyati Musiqali dramma teatri aktyorlari tomonidan Chingiz Aytmatovning “MOMO YeR” nomli spektakli namoyish etildi. Teatr aktyor va aktrisalari tomonidan ijro etilgan ushbu spektakl xodimlarda katta taassurotlar qoldirib ularga manzur bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech