2 Avgust 2025 yil 679

Joriy yilning avgust oyi davomida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida davlat va jamiyat hayotida inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini, shuningdek, pensionerlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish hamda Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yil 02 avgust kuni viloyat  Ichki ishlar boshqarmasi binosida Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ishtirokida, “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilib, xodimlarning o‘zlari ularning oila a’zoldarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar va yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, tadbir ishtirokchi xodimlari orasidan avtotransport vositalarini sotib olish, turar joyini tamirlash va yashash sharoitini yaxshilash uchun foizsiz qarz hamda uy joy harid qilish uchun daslabki badal pulining 25 % miqdorida to‘lab berilishida amaliy yordam so‘rab murojaatlar qilishdi. O‘z navbatida mas’ul xodimlar tomonidan ushbu murojaatlar qabul qilinib, “Ye-ijtimoiy-himoya.iiv.uz” yagona interaktiv xizmatlar portaliga navbatga qo‘yish uchun kerakli hujjatlar rasmiylashtirib olindi.

Shundan so‘ng, xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Kitob yarmarkasi” tashkil etilib, xodimlar o‘zlari sevib mutoala qilishlari kitoblar harid qilishdi.

Text to speech