9 Yanvar 2023 yil 461

Joriy yilning 8 yanvar kuni soat 18:00 larda...

Surxondaryo viloyati Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilib, Denov shahar “Sharq” chorrahasida oq rangli “Kobalt” avtomashinasi to‘xtatilib, haydovchisi 1992 y.t. fuqaro J.J. tekshirilganda egnidagi kulrang kurtkasining chap yon cho‘ntagida qog‘ozga o‘ralgan, yashil rangli, 1,84 gr. og‘irlikdagi o‘tkir hidli o‘simlik moddasini saqlaganligi aniqlangan.

Tekshiruv jarayonida fuqaro J.J. ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro J.J.dan olingan o‘simlik moddasi 1,84 gramm og‘irlikdagi kannabis giyohvand moddasi ekanligi aniqlangan. J.J. o‘z ko‘rsatmasida giyohvand moddasini no’malum shaxsdan 500 ming so‘mga sotib olganligini va o‘z iste’moli uchun saqlaganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 56 hamda 194 moddalari bilan aybdor deb topilib, huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun JIB Denov tuman sudiga 9 yanvar kuni yuborilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech