Joylarda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlari, “Kiberjinoyatga qarshi birgalikda kurashaylik!” shiori ostida aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishmoqda.
Bugungi kunda fuqarolarning
kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi
kurashishda fuqarolarda «kibergigiena» hamda “kibermadaniyat”ni shakllantirish maqsadida
viloyatning Termiz, Angor, Qiziriq hamda Denov tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni
rasmiylashtirish bo‘linmalari xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari
amalga oshirilib borilmoqda.
Targ‘ibot tadbirlarida,
noqonuniy bank-moliya operatsiyalari orqali o‘zgalarning plastik kartasidagi mablag‘larini
o‘zlashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar, diniy aqidaparastlikka
qaratilgan axborot hurujlari, onlayn savdo maydonidagi firibgarlik jinoyatlari ko‘payib
borayotgaligi hamda bu kabi jinoyatlardan jabrlanib aldanib qolmasliklari borasida
tushuntirishlar berildi.
O‘z navbatida, yuqoridagi
jinoyatlardan jabr ko‘rganlar o‘zlarining qay usullarda firibgarlar tuzog‘iga tushib
qolganliklari bo‘yicha o‘rtoqlashib, bu jinoyatdan faqatgina o‘zgalarga va har qanday
yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslik orqali jabrlanmaslik mumkinligi to‘g‘risida so‘z
yuritdi.