Joylarda “Kiber madaniyatni yuksaltirish” doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Uzun tumani xokimligi majlislar zalida tumandagi mahalla yettiligi vakillari balan “Kiber madaniyatni yuksaltirish” doirasida, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiber xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Mansur Xo‘jaev ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari
davomida, bugungi globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining o‘rni va bu
soha orqali ayrim kimsalar ushbu yo‘nalishda g‘arazli niyatlarni oshirib kelayotganligi
oqibatida, ko‘plab jinoyatlar sodir etilayotganligi hususida so‘z yuritdi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida fuqarolarning ushbu sohaga nisbatan ongini oshirish, fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini olib borish va unda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi tushuntirilib, tegishli ma’lumotlar berildi hamda bukletlar tarqatildi.