8 May 2024 yil 334

Joylarda yo‘l-transport hodisalari keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sariosiyo tumani sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi "Diydor" maxalasida mahalla yettiligi, nuroniylar, din vakillari bilan tuman hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, fuqarolar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik holatlari, jamoatchilik nazorati faoliyatining sustligi tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilganlarga so‘ngi vaqtlarda avtomobil yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari, ulardan jabr ko‘rgan insonlarning xulosasi aks etgan video lavhalar namoyish etilib, kelgusida bu kabi hodisalarni sodir bo‘lishidan oldin profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirish belgilab olindi.

Text to speech