“Jismoniy va jangovor tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV Surxondaryo akademik litseyida sportning “Arqon tortish” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam
shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari
orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash,
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, tez
harakatchanlik, sabr-toqatlik bilan harakat qilishni tarbiyalash, kuch va chaqqonligini
oshirishga birdamlik bilan harakat qilishlariga o‘rgatish shuningdek, yoshlar orasidan
iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish maqsadida
turli sport mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik
litseyida “Jismoniy va jangovor tayyorgarlik oyligi” doirasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida
sportning “Arqon tortish” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqa qizg‘in
kurashlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra 3/23-guruh
jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 6/23-guruh jamoasi 2-o‘rinni egalladi.