16 Noyabr 2023 yil 623

“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV Surxondaryo Akademik litseyida sport musobaqasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo Akademik litsey o‘quvchilarini jismoniy chiniqtirish, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, akademik litseyda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Armrestling sport turi bo‘yicha 60 kg, 65 kg, 70 kg, 75 kg vazn toifasida o‘quvchilar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Murosasiz davom etgan musobaqada 60 kg vazn toifasida 4/23-guruh o‘quvchisi Tursunpo‘lat Temirqulov, 65 kg vazn toifasida 2/23-guruh o‘quvchisi Feruz Mirzoaliev, 70 kg vazn toifasida 4/23-guruh o‘quvchisi Asilbek Tursunov, 75 kg vazn toifasida 1/22-guruh o‘quvchisi Otabek O‘rolovlar 1-o‘rinni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda!

Text to speech