Jinoyatni jilovlashda hamkorlik muhim o‘rin tutadi
Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi jarayonida barcha
soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, huquqbuzarlik
va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi omillarni
aniqlagan holda ilmiy jihatdan tahlil qilib, 2024 yilning birinchi choragi yakuniga
qadar jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha aniq takliflar kiritish va yo‘l xaritasi
ishlab chiqish vazifasi soha mas’ullariga belgilab berildi.
Mahallalarni jinoyatdan holi hududga
aylantirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, sodir etilgan jinoyatlarni o‘z
vaqtida fosh etish maqsadida, viloyat IIB boshlig‘i A.Ismoilov boshchiligidagi ishchi
guruh Denov tumanida bo‘lib, huquqbuzarlik yoki jinoyatlarni oldini olishda mahallalarda tashkil etilgan yettilik faoliyatiga to‘xtalib, har qanday huquqbuzarlik yoki jinoyatlarni oldini
olishda o‘zaro hamkorlik muhimligi, bu borada profilaktika inspektorlari faol bo‘lishi kerakligi uqtirilib mas’ullarga
jinoyatni barvaqt oldini olishda tegishli ko‘rsatmalar berildi.