Jinoyatlarga qarshi kurashda yangi bosqich
Boysun tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘lida tizimli va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Profilaktika inspektorlari jinoyatlarning sabab va shart-sharoitlarini chuqur tahlil qilgan holda, har bir mahalladagi ijtimoiy muhitni o‘rganmoqda va xavfli guruhlarga mansub fuqarolar bilan individual ish olib bormoqda.
Jamoatchilik,
yoshlar yetakchilari va mahalla faollari bilan hamkorlikda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish, yosh avlod ongini to‘g‘ri shakllantirish, shu orqali jamiyatda
tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijobiy
samaralar bermoqda. Bu faoliyat — jinoyatsiz kelajak sari tashlangan muhim
qadamdir.
Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda profilaktika inspektorlarining
faoliyati, jamoatchilik bilan hamkorlik, shuningdek, mahalla faollari va
yoshlar yetakchilari bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida har bir profilaktika inspektori tomonidan kun davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar va yo‘riqnomalar berildi.