14 Fevral 2025 yil 676

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida Muzrabot tumanida ham bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-01-sonli Qarori hamda Surxondaryo viloyati prokurori va viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida 2024 yil 25 dekabr kunida "Jinoyatchilikni oldini olish  va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish" yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriklar ijrosi yuzasidan Muzrabot tumani IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov tomonidan reja-grafik asosida mahalallarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.

Muzrabot tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov tomonidan tumanning "Mehnatobod" mahallasida, yettilik ishtirokida tungi o‘rganishlar olib boriliib, o‘rganishlar davomida, mahalla hududidagi ko‘chalarni yoritish chiqroqlari bilan ta’minlash, aholi turar joylari va savdo nuqtalarini kameralashtirish ishlari bo‘yicha amalga olshirilgan ishlar yuzasidan aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan mahallar yettiligi a’zolariga tegishli vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, probatsiya hisobida turgan shaxslarning cheklovlarga rioya qilishlari, turli ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha yo‘riqnomalar berilib, aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Text to speech