Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida Muzrabot tumanida ham bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025 yil 03 yanvar kunidagi PQ-01-sonli Qarori hamda Surxondaryo viloyati prokurori
va viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida 2024 yil 25 dekabr kunida "Jinoyatchilikni
oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish"
yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriklar ijrosi yuzasidan Muzrabot
tumani sektor rahbarlari tomonidan reja-grafik asosida mahalallarda kriminogen vaziyatni
barqaror saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish hamda mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini amalga oshirishga
qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 14 fevral kuni tuman sektor rahbarlari tomonidan tumanning "Fidokor" mahallasida, yettilik ishtirokida tungi o‘rganishlar olib borilib, o‘rganishlar davomida, mahalla hududidagi ko‘chalarni yoritish chiroqlari bilan ta’minlash, aholi turar joylari va savdo nuqtalarini kameralashtirish ishlari, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla yettiligiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.