Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida, Muzrabot tumani hokimiyatida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodov, tuman IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov, tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat tashkilotlari xodimlari va “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.
Tuman rahbariyati tomonidan har bir mahallada, yettilik
ishtirokida tungi o‘rganishlar olib borilib, o‘rganishlar davomida, mahalla hududidagi
ko‘chalarni yoritish chiroqlari bilan ta’minlash, aholi turar joylari va savdo nuqtalarini
kameralashtirish ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar aniqlangan kamchilliklarni
bartaraf etish yuzasidan mahalla yettiligi a’zolariga tegishli vazifalar yuklatildi.
Mazkur yig‘ilishda tumanda joriy yilning o‘tgan davrida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hamda “xavfsiz hudud” tamoyilini amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar, tezkor qidiruv faoliyatida jinoyatga oid ariza va xabarlarning hal etilishida jinoyatlarni tergov qilishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha ishlarni tashkil borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejaviy tadbirlar muhokama etildi.