Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida, Muzrabot tumanida ham bir qator profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi PQ-01-sonli Qarori hamda Surxondaryo viloyati prokurori va viloyat IIB boshlig‘i rahbarligida 2024 yil 25 dekabr kuni "Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish" yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriklar ijrosi yuzasidan Muzrabot tumani sektor raxbarlari tomonidan reja-grafik asosida mahalallarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.
Muzrabot tuman sektor raxbarlari tomonidan tumanning "Shaffof" mahallasida, yettilik ishtirokida tungi o‘rganishlar olib borilib, o‘rganishlar davomida, mahalla hududidagi ko‘chalarni yoritish chiroqlari bilan ta’minlash, aholi turar joylari va savdo nuqtalarini kameralashtirish ishlari bo‘yicha amalga olshirilgan ishlar yuzasidan aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan mahalla yettiligi a’zolariga tegishli vazifalar yuklatildi.