27 Yanvar 2025 yil
725
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tqazildi.
Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universitetida talaba-yoshlar bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida
sodir etilayotgan jinoyatlar, xususan, kibermakondagi jinoyat turlari, ularning salbiy oqibatlari hamda kiberjinoyatlarni
oldini olish yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berilib, barchani hushyorlikka chaqirildi.
O‘tkazilgan tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.