8 Avgust 2023 yil 437

#Jinoyat muhokamasi     Salbiy holatlarni oldini olishga barcha birdek mas’ul  

 Sho‘rchi tumanida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov, tuman hokimi U.Zokirov, sektor rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirokida “Xurlik” mahallasida hududida sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.

Dastlab tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik D.Qurbonov tomonidan sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazildi.

Viloyat IIB boshlig‘i A.Ismoilov har bir mahalla faoli bunday salbiy holatlarni sodir bo‘lishiga tomoshabin bo‘lib emas, balki uni oldini olishga harakat qilishi, mahalladagi har bir fuqaro bilan xonadoniga borib, ular bilan suhbatlashish zarurligini ta’kidladi. Qolaversa, mahalla yoshlari jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya etib, bo‘sh vaqtini kompyuter o‘yinxonalarida emas, foydali mashg‘ulot bilan o‘tkazishini nazorat qilish zarurligi mahalla faollariga tushuntirildi.

Muhokama yig‘ilishida tuman hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Text to speech