19 Oktyabr 2022 yil 377

Jarqo‘rg‘onda velosiped o‘g‘risi qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 23 sentabr kuni tumanning “Mehnat rohat” mahallasida yashovchi, R.Shokir (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 17.00 larda, tuman markazidagi masjiddan mahalladoshi, L.Sherzodga tegishli 1 dona velosipedini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni, shu tumanda yashovchi, S.Ilyos sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

08 oktabr kuni  S.Ilyosga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech