12 Iyul 2022 yil
701
Jarqo‘rg‘onda “qo‘shmachi”lik ortidan pul topayotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 3 iyul kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 23 iyun kuni soat 23:00 larda tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan tadbir davomida, K.Zamira (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyida 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘m pul evaziga fuqarolar A.Matluba va S.Botirlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 03 iyul kuni K.Zamiraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati