26 Aprel 2022 yil 668

Jarqo‘rg‘onda, tanishlari orqali moddiy mablag‘ evaziga ishga kiritishni va’da qilgan ayol tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.Mohinisoning (ism shariflar o‘zgartirilgan) viloyat IIB boshlig‘i nomiga yozgan arizasiga asosan, 2022 yil 13 aprel kuni soat 23:00 larda, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani “Mehnat-rohat” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu tumanda yashovchi N.Dilnavoz viloyat Tibbiyot boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, tumandagi Oilaviy poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, evaziga B.Mohinisodan kelishilgan 400 (to‘rt yuz) AQSH dollaridan 2.800.000 (ikki million sakkiz yuz ming) so‘m pullarni olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 25 aprel kuni N.Dlnavozga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech