21 Avgust 2022 yil 1043

Jarqo‘rg‘onda noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgan shaxsga chora ko‘rildi

2022 yilning 18 may kuni, Jarqo‘rg‘on tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, D.Anvar (ism shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining ijaradagi yashash uyida 2022 yil 18 avgust kuni soat 09:30larda ushbu mahallada yashovchi, maktab o‘quvchilari voyaga yetmagan qizlarga hujra asosida noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

D.Anvardan diniy ta’lim berishda foydalanib kelingan diniy mazmundagi kitoblar tadbir ishtirokchilari tomonidan holislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan D.Anvarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasi bilan  ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech