25 Yanvar 2023 yil 182

Jarqo‘rg‘onda mas’ullar tomonidan notinch oilalar muammolari o‘rganildi

Jarqo‘rg‘on tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik Yu.Imomova, tuman xokimligi ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbari T.Qilicheva va tuman bosh otinoyisi M.Abdullaevalar ishtirokida tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasida ro‘yxatga olingan notinch oilalarni xonadonbay o‘rganish va ajrimlarning oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yig‘ilish davomida mas’ullar oiladagi muammolarni bartaraf etish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berib, jamiyatda yurish turish qoidalariga amal qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Text to speech