30 Dekabr 2022 yil
385
Jarqo‘rg‘onda qidiruvdagi shaxs profilaktika inspektori tomonidan qo‘lga olindi
Jarqo‘rg‘on tumanida 2022 yil oktabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, G.Shamsiddin (ism shariflar o‘zgartirilgan) 17 dekabr kuni tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati