Jarqo‘rg‘onda fuqarolarning qora mollarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Jarqo‘rg‘on tumani 2022 yil 20 noyabr kuni, tumaning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, D.Shomil (ism shariflar o‘zgartirilgan), tumanning “Bobotog‘” mahallasida yashovchilar, I.Imron va Sh.Jamshidlar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, shu kuni yashash uyi hovlisidan D.Shomilni 3.000.000 (uch million) so‘mlik 1 bosh qora molini, I.Imronni yashash uyi hovlisidan 10.000.000 (o‘n million) so‘mlik 2 bosh qora mollarini va Sh.Jamshidni yashash uyi hovlisidan 20.000.000 (yigirma million) so‘mlik 3 bosh qora mollarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irliklarni shu tumanda yashovchi, A.Shokir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 23 noyabr kuni A.Shokirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati