10 Fevral 2023 yil
399
Jarqo‘rg‘onda fuqaro topib olgan ov qurolini IIBga topshirdi.
Surxondaryo viloyati hududida o‘tkazilayotgan «Havfsiz hudud» tadbiri davomida olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasida “Istiqlol” mahallasida yashovchi B.J. o‘zining yashash hovlisidagi eski molxonaning beton poydevori ostidan ov miltig‘ini topib olgan va o‘z ixtiyori bilan ushbu qurolni Jarqo‘rg‘on tumanida xizmat olib boruvchi YPX inspektori safdor E. Nurmamatovga topshirgan.
Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, aniqlangan ov miltig‘i tuman IIBga topshirildi.