22 Mart 2022 yil 514

Jarqo‘rg‘onda haydovchi YPX inspektoriga pora taklif qildi.

2022 yil 20 mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani "Kakaydi" qo‘rg‘onida xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB bo‘linmalari saf bo‘linmalari YPX bataloni 3-safarbar guruh YPX inspektori safdor Nurmamatov Erkin Absoat o‘g‘li "Nexia" rusumli transport vositasining harakati shubha tug‘dirganligi sababli to‘xtatib haydovchisi A.S. bilan suhbatlashish jarayonida haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelib turganligini sezadi va xizmatda foydalanish uchun o‘ziga biriktirilgan "Alkotestor" moslamasi orqali tekshirib ko‘rib, haydovchining (0.377 mg/l) mastlik holatini aniqlaydi. Inspektor holat yuzasidan yo‘l harakati qoidalarining 12-bandiga muvofiq haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi hamda transport vositasini vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtiradi.
Shundan so‘ng fuqaro A.S. YPX inspektori jarima maydonidan chiqib ketayotgan vaqtida unga nisbatan chora ko‘rmasdan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilib, evaziga 300 AQSH dollari miqdorida pora taklif qiladi. YPX inspektori safdor Nurmamatov fuqaroga bu taklifi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini, jinoyatga boshlamasligini aytib, tushuntirishiga qaramay haydovchi pora taklif qilishda davom etadi.
Shundan so‘ng, YPX inspektori safdor Nurmamatov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga fuqaro A.S. ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab, bildirgi bilan murojaat qiladi. IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari ushbu bildirgiga asosan 2022 yilning 21 mart kuni soat 12:00 larda Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tumanning "Ismoiltepa" mahallasida joylashgan jarima maydoni yonida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.S. YPX inspektoriga 300 AQSH dollari miqdoridagi kupyuralarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi va holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan, Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun; Surxondaryo viloyatida yil boshidan hozirga qadar haydovchilar tomonidan olti marotaba YPX inspektorlariga pora taklif qilinib ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmoqda .

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
Text to speech