13 Avgust 2022 yil 397

Jarqo‘rg‘on tumanida "Zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida seminar tashkil etildi

Bugun Jarqo‘rg‘on tuman Xalq ta’limi bo‘limi faollar zalida Jarqo‘rg‘on tumani IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Yu.Imomova va tuman Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbari T.Qilichevalar ishtirokida tumandagi 66 ta mahallalardagi xotin-qizlar faollalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarda Xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi"ning 16-bandida Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" mavzusida tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda turkum tadbirlarini tashkil etish vazifasi yuklatilganligi, shu asosda mahallalarda turli tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Text to speech