31 Iyul 2023 yil 746

Jarqo‘rg‘on tumanida tanishining yashash uyida qo‘shmachilik qilgan ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi

Jarqo‘rg‘on tumanida 2023 yil 12 iyul kuni tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shu tumanda yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan H.Surayyo (ism shariflar o‘zgartirilgan) tanishi Muxlisaning yashash uyida 200 000 (ikki yuz ming) so‘m pul evaziga Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchilar I.Sobir va B.Shahlolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 23 iyul kuni H.Surayyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech