29 May 2022 yil 578

Jarqo‘rg‘on tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Joriy yilning 28 may kuni Jarqo‘rg‘on tumani "Mustaqillik" mahallasi hududida 25 may kuni sodir etilgan qotillik jinoyati muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiyev, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i mayor Sh.Allamurodov, sektor rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Muhokama yig‘ilishda, sodir etilgan jinoyatning kelib chiqish sabab va omillari keng jamoatchilik ishtirokida o‘rganilib, jinoyatni sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning faoliyati tanqid qilindi.
Yig‘ilish davomida, tuman hududida bu kabi boshqa turdagi jinoyatlarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish orqali jinoyat sodir etilishining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Text to speech