Jarqo‘rg‘on tumanida ham yo‘larni qor va muzlamalardan tozalash ishlari tunu-kun olib borilmoqda
Yurtimizga kirib kelgan anomal sovuq oqibatida yoqqan qor va muzlamalardan tozalash ishlari boshqa hududlarda bo‘lgani kabi Jarqo‘rg‘on tumani hududida ham amalga oshirilmoqda.
Ushbu tozalash ishlarida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev boshchiligidagi ishchi guruhi hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kapitan A.Mo‘minov, Jarqo‘rg‘on tuman IIB bo‘limi boshlig‘i mayor Sh.Allamuratovlar tomonidan tumandagi barcha ko‘cha va yo‘lakchalar, ko‘p qavatli binolarning old qismlaridagi muzlamalarni tozalash ishlarini hashar tarzida tashkil etib, tunu-kun ichki ishlar organlari, tuman Toza hudud unitar korxonasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari yo‘l tozalovchi texnikalar yordamida faol ishtirok etib jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, tuman hududidan o‘tuvchi magistral yo‘llar, ichki ko‘chalarda fuqarolar transport vositalarida hamda piyodalar harakatlanishlarida qulaylik yaratish, turli ko‘ngilsiz holatlar, yo‘l transport hodisalarining oldini olishga qaratilgandir.
Sovuq ob-havo sharoitida tunu kun xizmatda bo‘lgan ishchi va xizmatchilarga mas’ullar tomonidan issiq kofelar ulashilib, ahvol so‘rashlari, ularning g‘ayrat va shijoatini oshirishga xizmat qilmoqda.