2 Avgust 2023 yil 205

Jarqo‘rg‘on tumani IIBda ovchilar bilan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2 avgust kuni Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limida Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i mayor J.Jumaev, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash guruhi katta inspektori katta serjant A.Qurbonovlar tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani IIBda ov quroli bilan ro‘yxatda turgan ovchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 31 may kunidagi 772-son Qonuni mazmun mohiyati va javobgarlik masalalari bo‘yicha tushuntirish va profilaktik ishlar olib borildi.

Unda, ushbu Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlari tushuntirildi.

Text to speech