24 Noyabr 2023 yil 1458

Jarqo‘rg‘onda profilaktika inspektorlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Bugungi kunda Ichki ishlar organlari jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va barvaqt oldini olish borasida ishlamoqda. Xususan, joriy yilning 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyati hududida mahalla “yettiligi” faoliyatini namunali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.

Xuddi shunday tadbirlaridan biri Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilib, unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov vohadagi profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida, sohadagi islohotlar natijasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususan, unda profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib boradigan asosiy ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish vazifalari, fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlarni o‘rganish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Tadbir davomida, o‘z xizmat hududida namuna ko‘rsatib huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarning ochilishida jonbozlik ko‘rsatgan profilaktika inspektorlarining bir guruhini taqdirlash va bir guruhiga navbatdagi hamda muddatidan ilgari maxsus unvonlar berish marosimi o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, profilaktika inspektorlari Jarqo‘rg‘on tumanidagi qizil toifaga kiritilgan "Surxon soxili", "Do‘stlik" hamda "Yangi obod" mahallalarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar bilan viloyatning barcha profilaktika inspektorlari yaqindan tanishtirildi. Mahallani to‘liq kameralashtirish orqali integratsiya qilingan xizmat xonalari ko‘zdan kechirildi. Mahalla profilaktika inspektori bilan yettilikning hamda boshqa huquq tartibot idoralarining hamkorlikdagi vazifalari o‘rganildi.

Aytish kerakki, bugungi kunda hududdagi qizil toifadagi hududlarni yashil toifga o‘tkazish uchun barcha kuch va vositalar jalb qilingan holda ushbu mahallalardagi asosiy ko‘chalar hamda aholi gavjum joylar va muhim ob’ektlarda kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Hududga Yo‘l patrul xizmati hamda Patrul- post xizmati xodimlari, shuningdek, Miliy gvardiya xodimlaridan iborat ishchi guruh vakillari biriktirildi. Kuzatuv kameralarining barchasi mahalla profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari hamda Huquqtartibot maskaniga integratsiya qilindi. Bu esa qizil toifadagi hududlardagi vaziyatni to‘laqonli nazorat qilish imkonini bermoqda.

Text to speech