24 Iyul 2024 yil
354
Jarqo‘rg‘on tumanida "Turmush" profilaktik tadbiri doirasida Sayyor qabul tashkil etildi.
Respublika hududida oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarning
oldini olish va bu boradagi profilaktik ishlarning samarodorligini oshirish maqsadida
2024-yilning 5-iyul kunidan 5-avgust kuniga qadar keng qamrovli "Turmush"
profilaktik tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Jarqqo‘rg‘on tuman hokimligida "Sayyor qabul"
tashkil etildi. Mazkur qabulda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Akmal Berdinazarov
hamda boshqa mutasaddi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga huquqiy maslahatlar berilib, ijtimoiy
yordamlar ko‘rsatish, ishsizlarni ishga joylashtirish choralari ko‘rilib, ajrim
yoqasidagi oilalarning ba’zilari yarashtirildi.