28 Aprel 2025 yil 374

Jarqo‘rg‘on tumanida, “o‘tkir tig‘”li narsa-buyumlarni yonlarida olib yurmaslik bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida, Jarqo‘rg‘on tumanida Tumanlararo Patrul-post xizmati otryadi hamda proflaktika inspektorlari bilan hamkorlikda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, maqsadida xizmat hududlarida fuqarolar “sovuq qurol” sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan “o‘tkir tig‘”li narsa-buyum va ashyolarni yonlarida olib yurmaslik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bunda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida tunu-kun nazorat tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Text to speech