Jarqo‘rg‘on tumanida notinch oilalar muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Oila har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkam,
tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi. Aksincha,
oilalarda parokandalik, buzg‘unchilik bo‘lsa, o‘sha jamiyat buziladi, tinchligi
va halovati yo‘qoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi.
Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi. Chunki, o‘zaro mehrli
bo‘lgan ota-onalarning farzandlari ham bir-birlariga mehribon bo‘ladilar.
Ming afsuslar bo‘lsinki, mana shunday ulug‘ dargoh darz ketishi hozirgi
kunda ko‘plab uchramoqda, har kim o‘zini “haqman!”- deb, bilishi oqibatida norasida
go‘daklar tirik yetim bo‘lib qolmoqda. To‘g‘ri ba’zi oilalar or, nomus, ibo va hayoning
ko‘tarilishi, joiz bo‘lsa hiyonat ortidan shu holga ya’ni ajrim yoqasiga kelib qolayapdi.
Lekin boshqa bir arzimas sabablar, oilalardagi arzimagan narsa buyumlar, moddiy
boyliklar, ortiqcha orzu-havaslar uchun tortishuvlar ortidan kelib chiqayotgan kelishmovchiliklar
bolalarning tirik yetim bo‘lib qolishiga arzirmikan?
Shu va boshqa maqsadga qaratilgan yig‘ilish, Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi
majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda, viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi
boshlig‘i Z.Xidirova, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Eshimova, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va
xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Ravshanova ishtirokida ajrim yoqasidagi
21 ta oilalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat chog‘ida
4 ta oilaga yarashish uchun muddat berilib, 3 ta oila yarashtirildi.