Jarqo‘rg‘on tumani IIBda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Jarqo‘rg‘on tumani IIBda 2024 yilning 12 oyi
davomida tuman IIB xizmat faoliyati natijalarida erishilgan yutuqlari,
yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek, jamoat tartibini saqlash, xuquqbuzarlik
va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi amalga oshirilgan ishlar hamda
kelgusidagi vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Sherzod Shadiev
huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, Jarqo‘rg‘on tumani IIBda o‘tgan yilning o‘n
ikki oyi davomida, tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar, erishilgan
yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining axboroti tinglandi.
Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining
xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilindi.
Shuningdek, xodimlarga fuqarolarning
murojaatlarini o‘rganish, korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga
qarshi kurashish jarayonida shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari
lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Yig‘ilish yakunida, xizmat faoliyati davomida xizmatdoshlariga namuna ko‘rsatib kelayotganligi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarga kitoblar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.