Jarqo‘rg‘on tumani IIBda “Intizom oyligi” doirasida, tuman IIB faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori hamda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi buyrug‘i
talablari asosida, joriy yilning 7 iyun kuni viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB
Faxriylar kengashi, Jarqo‘rg‘on tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib
borayotgan xodimlar hamda IIV Surxondaryo akademik litseyining tuman IIBda amaliyot
o‘tayotgan o‘quvchilari ishtirokida Jarqo‘rg‘on tumani IIB Faxriylar kengashining
hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev
so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda
viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib,
bugungi kunda faxriylar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini
alohida ta’kidlab, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga
qat’iy rioya etishlari, shuningdek, IIVning tegishli farmoyishiga asosan, joriy
yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar IIOda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi
munosabati bilan, har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari haqida topshiriqlar
berdi.
Yig‘ilish davomida Jarqo‘rg‘on tumani IIB Faxriylar kengashi
raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Faxriylar
kengashi raisi etib, iste’fodagi mayor Yunusov Zokir Munavvarovich bir ovozdan ma’qullandi.
Jarqo‘rg‘on tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga
tayinlangan iste’fodagi podpolkovnik Z.Yunusov “O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat
bilan xizmat qilishi”ni ta’kidlab, mas’uliyatli va sharafli vazifaga tayinlanganligi,
bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hususida o‘z fikrini
qisqacha bildirib o‘tdi.
Shuningdek, ushbu tadbir “Uch avlod” uchrashuviga ulanib
ketdi.
Bunda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib,
tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat
intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa
har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda
xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir
qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari
tantanali ravishda topshirildi.