9 Iyun 2025 yil 161

Jarqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari o‘rtasida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Korrupsiya-har qanday jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladigan, davlat boshqaruvi hamda fuqorolarning unga bo‘lgan ishonchining sustlashishiga olib keladigan ijtimoiy xavfli illatdir. U jamiyatda adolat tamoyillarining buzulishiga sabab bo‘ladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, bu borada qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-martdagi tegishli buyrug‘i va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 26-maydagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi mamlakat bo‘ylab “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilindi.

Mazkur buyruq va farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan kuni kecha Jarqo‘rg‘on tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida, Korrupsiya va uning oqibatlari mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda har bir xodim bu illatga nisbatan murosasiz bo‘lishi lozimligi ta’kidlanib, ularga korrupsiyaning oldini olish maqsadiga qaratilgan shior aks etgan bukletlar tarqatildi.

Text to speech