"Jarqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash borasida yig‘ilish o‘tkazildi".
Joriy yilning 2 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda Joriy yilning 20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom” ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarni aniqlash qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek yig‘ilish so‘ngida xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, ma’suliyatini oshirish maqsadida joriy yilning ikkinchi yarmida viloyat IIB xodimlari ishtirokida sodir etilgan holatlardan iborat “Xiyonat va halollik” deb nomlangan video rolik namoyish etilib, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarini oldini olishga hamma birdek mas’ul ekanligi ta’kidlab o‘tildi.