Jarqo‘rg‘on tuman IIBda “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i
tomonidan 2024 yil 10 avgust kuni tasdiqlangan farmoyishga asosan, kuni kecha Jarqo‘rg‘on
tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy
partiyalar to‘g‘risida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.
O‘tkazilgan
o‘quv yig‘inida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati boshlig‘ining yordamchisi podpolkovnik F.Qlichev, Surxondaryo viloyati Adliya
boshqarmasi huquqiy axborot bo‘limi bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Avazovlar ishtirok
etishdi.
Mazkur o‘quv
yig‘inida Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh
maslahatchi Bunyod Avazovning O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga
kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’ruzasi tinglanib,
xodimlarning yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar
to‘g‘risidagi bilim va malakasini oshirishga qaratildi.
O‘quv yig‘ini yakunida ichki
ishlar organlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan
javoblar olishdi.