Jadidlar merosi – kelajagimiz poydevori.
Joriy yilning 17 aprel kuni IIV Surxondaryo akademik
litseyida Huquqshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i M.Allanazarov,
“Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i O‘.Abdunazarov, Litsey axborot-resusr markazi
kutubxonachisi A.Kuchkeldieva hamda litsey yoshlar yetakchisi Sh.Norboevlar hamkorligida
“Jadidlar milliy uyg‘onish asoschilari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Erkin muloqot shaklida o‘tkazilgan suhbat davomida o‘qituvchi
va o‘quvchilar tomonidan jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil
o‘rganish, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasiga qo‘shgan hissasi, Davlatimiz
rahbari tashabbusi bilan “Jadid” gazetasi tashkil etilganligi va ushbu gazeta jadid
bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni
bo‘lib xizmat qilishi haqidagi qizg‘in fikrlarga boy bo‘ldi.
Davra suhbati so‘nggida
litsey o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.