16 May 2025 yil 922

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Ulug‘bek Muxammadiev rahbarligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda.

Muzrabot tumanida  ishchi guruh a’zosi  IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i polkovnik Saidolim Nuriddinov, tuman hokimi v.b.  Bahrom Xidirov va boshqa mutasaddi  tashkilotlar vakillari bilan “Yangi hayot” va “Mehnatobod” mahallalari hamda Boysun tumani “Yuqori machay” mahallasida  sayyor qabullar o‘tkazildi. Qabulga tashrif buyurgan har bir fuqaro bilan yakka tartibda suhbatlashilib, ularning  murojaatlari o‘rganilib, ish yurituviga olindi.

Shuningdek, Muzrabot  tumanida   "qizil" toifaga kiritilgan “Bog‘ieram” mahalla fuqarolar yig‘inidagi  kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan profilaktik chora-tadbirlar, mahalla yettiligi faoliyati  o‘rganilib, amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Muzrabot tumanidagi ijtimoiy soha ob’ektlari holati, ichki yo‘llar, ichimlik suvi ta’minoti va elektr ustunlarni ta’mirlash hamda qabristonlarni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha aholini murojaatlari joyiga chiqilgan holda mahallalar kesimida o‘rganildi.

Text to speech