O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2023 yildagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Prokuratura organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasi doirasida Surxondaryo viloyati prokuraturasi organlari xodimlari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat prokurorining katta yordamchisi A.To‘raev, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i S.Ochilova, markaz psixologi M.Jo‘raevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli qarori mazmun mohiyati yuzasidan tayyorlangan ma’ruzasi tinglandi.
Jarayonda, Markaz mas’ullari tomonidan Qaror ijrosi yuzasidan
tayyorlangan taqdimot namoyish etilib, xodimlarning fikr va mulohazalari eshitildi.
Shuningdek, viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi tomonidan xodimlarga mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish, nojo‘ya harakatlar sodir etmaslik borasida kasbiy yo‘riqnomalar ham berildi.