O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmonga muvofiq, fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligini olmagan va mamlakatimizda doimiy yashab kelayotgan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berildi.
Ushbu qaror inson huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning uzviy davomi sifatida qabul qilindi.
Mazkur Farmon asosida Sariosiyo
tumanida 3 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Shu munosabat bilan
tuman hokimligida tadbir tashkil etilgan
edi.
Tadbirda Sariosiyo tumani hokimi
Abduqodir Donaev fuqarolik maqomini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini
tasdiqlovchi ID kartalarni topshirib, ularni ushbu muhim voqea bilan samimiy qutladi.
Shuningdek, tadbirda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov va Sariosiyo
tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i kapitan G‘.Ergashev
ham ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston fuqaroligini olish fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mamlakatning barcha huquq va erkinliklaridan to‘liq foydalanish imkonini berishini, ularning ijtimoiy himoyasi va huquqiy maqomini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.