3 Fevral 2025 yil
697
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning mazmun mohiyatini tushuntirish va ijrosini ta’minlash maqsadida respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida o‘z faoliyatini boshladi.
Respublika ishchi guruhi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorning ijrosi yuzasidan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz, Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov, Uzun hamda Sariosiyo tumanlari hududlarida “mahalla yettiligi”, sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganilib, qaror mazmun mohiyati tushuntirilmoqda.