31 Avgust 2024 yil 366

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan Termiz shahridagi otaliqqa olingan yoshlar muammolari o‘rganilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi.

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan bugun Termiz shahar IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik  M.Bozorov hamda Termiz shahar Ma’rifat MFY yoshlar yetakchisi O.Irnazarovlar tomonidan Ma’rifat mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Termiz shahar IIB tomonidan otaliqqa olingan ishsiz, og‘ir toifadagi, jinoyatchilikka moyil yoshlarning muammolarini o‘rganish, vaqtincha ishlash maqsadida xorijiy davlatlarga ketganlarning oila a’zolari holidan xabar olish hamda bayram bilan tabriklash maqsadida, ushbu xonadonlarga borishdi.

Xonadon egalari bilan dildan suhbatlar qurilib, ularning muammolari o‘rganildi.

Shuningdek,  Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan bayram “Tabriknomalari” ulashildi.

Text to speech